La Liga prezidenti: “Real” Mbappeni ham, Holandni ham sotib olishi mumkin”

  • 23:08 / 13.09.2021
  • 82

Xaver Tebas kelasi yozda “Real”ning transfer bozoridagi moliyaviy imkoniyatlari haqida gapirdi.

“Bilasizmi “Real” Mbappeni ham, Holandni ham kelasi yozda sotib olish uchun yetarli pulga ega.

Gap shundaki, ular oʻtgan yozda koʻp pul sarflamagan, shuningdek, pandemiya yilining oxirida salbiy hududga kirmagan. Bundan tashqari, ular koʻplab futbolchilarni sotishgan”, — deya taʼkidlagan Tebas.

Eslatib oʻtish mumkin, oʻtgan moliyaviy yil oxirida “Real” daromad keltirgan kam sonli klublardan biriga aylangan edi.