Laporta 0:3 hisobidagi magʻlubiyatdan soʻng: “Biz shunday vaziyatga tushib qolishimizni kutgandik. Bizga ishonch va vaqt kerak”

  • 19:02 / 15.09.2021
  • 59

“Barselona” prezidenti “Bavariya”dan uchralgan magʻlubiyatdan soʻng, muxlislarga murojaat qildi. 

“Barselona” prezidenti Joan Laporta Chempionlar ligasi guruh bosqichi uchrashuvida “Kamp Nou”da “Bavariya”ga 0:3 hisobida magʻlub boʻlingandan soʻng, muxlislarga murojaat qildi.

“Salom, men ham siz kabi xafa boʻldim va hafsalam pir boʻldi. Biz shunday vaziyatga tushib qolishimizni kutgandik.

Sizdan sabr-toqatli boʻlishingizni soʻrayman. Umid qilamanki, siz jamoamizni qoʻllab-quvvatlashda davom etasiz. Bizga, klubni boshqaradigan odamlarga ishonishingizni soʻrayman.

Bizga sizning ishonchingiz va vaqt kerak. Ishoning, biz bu vaziyatga yechim topamiz.

Sizga katta rahmat. Visca el Barsa!” — deb yozib qoldirgan Laporta twitter sahifasida.