Lexus o‘zining yangilangan Lexus NX krossoverini taqdim etadi

  • 15:57 / 31.03.2021
  • 106

Avtobrend zamonaviylashtirilgan Lexus NX modelining debyutini tayyorlamoqda. 

Avtokorxona matbuot xizmatining xabar berishicha, yangi model 2021-yil 19-aprelda Shanxay avtosalonida namoyish etiladi.

Mashinaning internet tarmoqlaridagi tarqalgan suratlarida, krossoverning bir necha o‘zgargan elementlarini ko‘rish mumkin. Ya’ni unda radiator panjarasi qayta ishlangan. Orqa va oldi "bamper"lar o‘zgartirilgan. Shuningdek, chiroqlar ham zamonaviylashtirilgan.

Modelning ichki qismida ham ko‘plab yangilanishlar mavjud. Salonning ichki qismiga ulkan sensorli ekran o‘rnatilgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, krossover keyinchalik NX 200, NX 350h va NX 450h+ versiyalarida ham ishlab chiqariladi. Eng so‘nggi versiya qayta zaryadlanadigan gibrid blok bilan jihozlanadi.