Londondagi namoyishda 8 nafar politsiyachi jarohat oldi

  • 13:48 / 25.04.2021
  • 88

Londonda koronavirus cheklovlariga qarshi namoyishlar paytida sakkiz nafar politsiyachi jarohat oldi. Bu haqda Buyuk Britaniya poytaxti politsiyasi tvitterdagi akkauntida xabar berdi.

Norozilik namoyishlari 2021-yil 24-aprel kuni Gayd parki hududida bo‘lib o‘tdi. Unda, bir necha ming britaniyalik ishtirok etib, barcha koronavirus cheklovlarini bekor qilishni talab qilgan.

Ma’lum bo‘ishicha, ikki nafar politsiyachi kasalxonaga yotqizilgan. Turli huquqbuzarliklar, jumladan, huquq-tartibot idoralari xodimlariga hujum qilgan besh nafar fuqaro hibsga olingan. 
Eslatib o‘tamiz, 2021-yil yanvar oyining boshida Buyuk Britaniyada karantin e’lon qilingan edi.