Luvr muzeyi haqida 10 ta qiziqarli fakt

  • 09:00 / 11.07.2021
  • 158

Luvr – dunyodagi eng katta muzeylardan biri hisoblanadi. Fransiyaning Parij shahrida joylashgan ushbu betakror maskanga har yili millionlab sayyohlar tashrif buyuradilar.

1. Luvr muzeyiga 1792-yilda asos solingan, ochilish marosimi esa 1793-yilda boʻlib oʻtgan.

2. 2018-yilda muzeyga tashrif buyurgan mehmonlar soni rekord darajani qayd etgan. Aynan shu yili bu maskanga 10 milliondan ortiq odam kelgan.

3. Luvr sayyoramizdagi eng katta muzey hisoblanadi. U shunchalar kattaki, bir marta borishning oʻzida barcha eksponatlarni tomosha qilib ulgurish imkoni yoʻq.

4. Muzeyda 300 000 ta eksponat saqlansa-da, ularning bor-yoʻgʻi 35 000 tasi zallarga namoyish uchun joylashtirilgan.

5. Luvr muzeyi maydoni 160 kvadrat metrlik joyni egallagan.

6. “Luvr” soʻzi fransuz tilidan tarjima qilinganda “Boʻrilar oʻrmoni” degan maʼnoni beradi. Bunga muzeyning ov qilish joyi oʻrniga qurilgani sabab boʻlgan.

7. Muzey eksponatlarining asosini Fransisk I va Lyudovik XIV tomonidan yigʻilgan 2500 dan ortiq asarlar tashkil qiladi.

8. Ushbu muzeydagi eng mashhur eksponatlar – “Mona Liza” surati va Venera haykali hisoblanadi.

9. 1911-yilda “Jokonda” muzeydan oʻgʻirlab ketilgan. Ushbu asar oradan 3 yil vaqt oʻtibgina oʻz joyiga qaytarilgan.

10. Muzeyga kirish qismidagi shisha piramida Misrdagi Xeops piramidasining oʻziga xos timsoli hisoblanadi.