Mahmud Muradovning UFCʼdagi navbatdagi jangi sanasi maʼlum boʻldi

  • 14:53 / 10.08.2021
  • 359

Sportchimiz amerikalik raqibiga qarshi oktagonga koʻtariladi.

UFCʼdagi ilk oʻzbekistonlik sportchi Mahmud Muradov mazkur promoushendagi 4-jangini 29-avgust kuni oʻtkazadi.

“UFC ON ESPN 30” turnirida hamyurtimiz AQSh vakili Jerald Myorshartga qarshi oktagonga koʻtariladi. Ushbu bellashuvga hozirlik koʻrayotgan sportchimiz oʻz fikrlarini bildirdi.

“Barchasi yaxshi ketmoqda. Tayyorgarlik yuqori darajada. Ushbu jangga tayyorgarlikning koʻp qismini oʻz jamoam bilan birga Yevropada, Chexiya hamda Polshada olib boryapman. Oʻylaymanki, barchasi yaxshi boʻladi”

Qayd etish joiz, Myorshart faoliyati mobaynida 32 ta gʻalaba va 14 magʻlubiyat qayd etgan. Mahmud Murodovning hisobida esa 25 gʻalaba va 6 magʻlubiyat mavjud.