“Mahmudxoʻja Behbudiy” hujjatli filmi suratga olindi

  • 16:09 / 08.09.2021
  • 189

Kinematografiya agentligi va Toshkent islom akademiyasi bilan hamkorlikda “BRAND PRO MEDIA” studiyasi tomonidan oʻzbek teatr dramaturgiyasining asoschisi Mahmudxoʻja Behbudiy hayoti va ijodi haqida hujjatli film suratga olindi. Bu haqida Kinematografiya agentligi Axborot xizmati xabar berdi.

Kinokartina Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari yuzasidan “Xalq yuragi” turkumi ostida tayyorlangan.

Ssenariy muallifi Abduhamid Muxtorov, rejissyor Ibrohim Ahmedov, operator Sardor Anvarov, rassom Sardor Toshmurodov.