Makgregor nogironlar aravachasida oʻtkazilishi kerak boʻlgan jangni keyinroqqa surishni soʻradi

  • 12:12 / 03.08.2021
  • 426

“Biroz kutib turing, iltimos!” — deb yozdi Konor oʻz twitter sahifasida.

Avvalroq, UFC sobiq chempioni Konor Makgregor nogironlar aravachasida boks boʻyicha xayriya jangini oʻtkazishi va unga hamyurti, taqlid ustasi El Foran raqiblik qilishi haqida maʼlum qilingan edi.

Qiziqchi Stevo Timoti uyushtirgan ushbu kecha 11-sentyabrda boʻlib oʻtishi kerak edi. Endi Makgregorning taʼkidlashicha, jang dastlab reja qilinganidan biroz kechroq oʻtkaziladi.

“Yigitlar, sentyabr oyida ringga chiqishimga hali erta. Men tiklanishni davom ettiryapman. Mening shifokorlarim va fizioterapevtlarim bu jangni kechiktirishni maslahat berishadi.

Oʻylaymanki, bu oktyabr oyining oxiridan oldin sodir boʻladi. Balki noyabr yoki dekabrdir. Hozir aniq sana haqida gapirish qiyin. Lekin men ishlamoqdaman! Biroz kutib turing, iltimos!” — deb yozdi Konor oʻz twitter sahifasida.

Qayd etilishicha, kechadan tushgan barcha daromad Irlandiya nogironlar aravachilari uyushmasiga oʻtkaziladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Makgregor Habibga uning otasi vafoti haqida eslatgani xabar qilingan edi.