Makgregor va Porye jangi UFC tarixiga kirdi

  • 11:06 / 14.07.2021
  • 412

Ikki yulduz jangchi o‘rtasidagi qarama-qarshilik translyatsiya savdosi bo‘yicha Liga tarixida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Bu Sports Business Journal’ning Twitter’dagi sahifasida joylashtirilgan ma’lumotlarda aks etdi.

Avval ma’lum qilinganidek, Toshkent vaqti bilan 11-iyul tongida, Aralash yakkakurashlar bo‘yicha UFC 264 turniri bo‘lib o‘tdi. 

Kecha doirasidagi asosiy jang ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni, irlandiyalik Konor Makgregor hamda yengil vazn toifasida chempionatning sobiq vaqtinchalik chempioni va yengil vazn toifasining birinchi raqamli da’vogari Dastin Porye o‘rtasida kechdi. 

O‘z navbatida, ushbu jang tashkilot tarixida eng ko‘p sotilgan ikkinchi pullik translatsiyaga aylandi. Ma’lum bo‘lishicha, UFC hammasi bo‘lib 1,8 million dollarlik pullik translyatsiyalarni sotgan. 

Bundan oldin tashkilot faqat bir marta, UFC yengil vazn toifasida sobiq chempioni Xabib Nurmagomedov va Konor Makgerogor o‘rtasida bo‘lib o‘tgan jang, UFC 229 turnirida bunday katta auditoriyani yig‘a olgan. 

Eslatib o‘tamiz, UFC 264’da Konor oyog‘ini sindirib olganidan so‘ng, Porye birinchi raunddayoq texnik nokaut bilan g‘alaba qozongan edi.

Teglar