Makron Qorabogʻdagi nasroniylar va musulmonlarga tegishli muqaddas qadamjolarni saqlab qolishga chaqirdi

  • 09:54 / 02.06.2021
  • 245

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Togʻli Qorabogʻdagi musulmonlar masjidlari va nasroniylarga tegishli boʻlgan ibodatxonalarni saqlab qolishga chaqirdi.

“Togʻli Qorabogʻda oʻt ochishni toʻxtatish rejimi saqlanib turgani bilan qilinadigan ishlar hali juda koʻp. Fransiya aholini qoʻllab-quvvatlashni davom ettirishga tayyor. Men bu yerda barcha asirlarni ozod qilish zarurati, xalqaro gumanitar tashkilotlarning hududga kirishlaridagi cheklovlar va minalashtirilgan yerlardagi jiddiy muammolar haqida gapiryapman...”, dedi Makron ayni vaqtda Parij shahrida boʻlib turgan Nikol Pashinyan bilan uchrashuv avvalidan.

Fransiya prezidenti Togʻli Qorabogʻdagi merosni saqlab qolish shartligi haqida ham taʼkidlab oʻtgan. “Nasroniylar yoki musulmonlar merosining har ikkisi haqida gap ketganida ham ular saqlanib qolishi kerak”, dedi siyosatchi.