Makronga tarsaki tushirgan fuqaroga hukm chiqarildi

  • 09:49 / 11.06.2021
  • 616

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronga tarsaki tushirgan odam to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi. Uning jazosi sud zalidan chiqishi bilan kuchga kiradi. Bu haqda Fransiyaning BFMTV telekanali xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, sud majlisida prokuratura 28 yoshli Damien Tarrelning harakatini nomaqbul va qasddan qilingan zo‘ravonlik deb atagan. Shuningdek, ayblanuvchi 45 ming yevro miqdorida jarimaga tortildi.

Eslatib o‘tamiz, 8-iyun kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Fransiyaning janubi-sharqidagi Drom departamentida mahalliy aholini to‘plagan. Shundan so‘ng, olomon ichidan chiqqan fuqaro Makronga tarsaki tushirgan edi.