Maktabgacha ta’lim vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi

  • 12:27 / 05.06.2021
  • 181

Maktabgacha ta’lim vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi. 

Vazirlikning Xabardor.uz’ga ma’lum qilishicha, shu kunga qadar Vazirlar Mahkamasida ishlab kelgan Baxodirjon Onorboyev Maktabgacha ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan. 

U ayni vaqtda ushbu lavozimda Kahramon Olimovning o‘rnini egallagan.  Kahramon Olimovning esa boshqa ishga o‘tganiligi aytilmoqda.

Shuningdek, Maktabgacha ta’lim vaziri o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan Maksudjan Yuldashev ham boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etilgan.

Uning o‘rniga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan Uzokboy Begimkulov tayinlandi.