Maldiv orollari tez orada Yer yuzidan yoʻq boʻlib ketishi mumkin

  • 12:42 / 20.05.2021
  • 149

Odamlar iqlim oʻzgarishlariga qarshi kurashmaydigan boʻlsalar, XXI asr oxirlariga kelib, Maldiv orollari Yer yuzidan butunlay yoʻq boʻlib ketishi mumkin. Bu haqida Maldiv orollarining atrof-muhit, iqlim oʻzgarishlari va texnologiyalar vaziri Aminat Shauna maʼlum qildi.

“Iqlim oʻzgarayotgani – haqiqat, biz esa dunyodagi eng zaif mamlakatmiz”, dedi vazir bu haqida.

Aminat Shaunaning aytishicha, Maldiv orollari hududining 80 foizi bugungi kunda dengiz sathidan atigi 1 metr yuqorida joylashgan. Quruqlikdagi hududlarda ham suv toshqinlari kuzatilmoqda, sohillar eroziya holatini boshdan kechiryapti.

Siyosatchi orol-davlatni saqlab qolish uchun hukumat zararli taʼsirni kamaytirishga urinayotganini maʼlum qildi. “Mamlakatimiz, xalqimiz, madaniyatimiz kelajagi bizning bugungi harakatlarimizga bogʻliq”, dedi Aminat Shauna.