Manba: ayni kunlar Mbappening kelajagi uchun hal qiluvchi bo‘lishi mumkin 

  • 11:04 / 17.07.2021
  • 66

Mbappe “Real”ning PSJga bosim o‘tkazishini istamoqda

PSJ hujumchisi Kilian Mbappe “Real” ushbu yozda ushbu transfer bo‘yicha hal qiluvchi choralarni ko‘rishini kutmoqda.

O‘zaro muzokaralardan xabardor bo‘lgan manbalarga ko‘ra, fransuz futbolchisi Madrid klubidan radikal harakatlarni kutmoqda. Mbappe “Real”ning PSJga bosim o‘tkazishini istamoqda. O‘z navbatida, ayni paytda ispanlar moliyaviy jihatdan haminqadar qudratli klub bilan keskin to‘qnashuvni boshlashni istamayapti. 

Biroq, Mbappening atrofidagilar “Real”ga bosim o‘tkazmoqda va faol harakatlarni boshlashni talab qilmoqda. Futbolchiga yaqin odamlar yangi shartnomani imzolamasdan mavsumni PSJda boshlash zarurati u uchun og‘ir bo‘ladi, deb hisoblashadi.

Ma’lumki, Mbappe “Real”da o‘ynashni orzu qiladi. Agar PSJ Kilianni yangi shartnomani imzolashga ishontirmasa, unda 2022-yilning yanvarida fransuz Madrid klubi bilan dastlabki kelishuvni imzolaydi.

Bu jarayonda, Mbappe pulni birinchi o‘ringa qo‘ymaydi, aks holda u PSJning yaqindagina 37 million yevroga yaqin maoshlik taklifini qabul qilgan bo‘lar edi. Kilian Madridda yiliga 25 million yevrodan ko‘proq maosh olmasligini biladi (u hozirda PSJda shuncha maosh oladi).

As manbasining ma’lum qilishicha, ayni kunlar Mbappening kelajagi uchun hal qiluvchi hisoblanadi, Shuningdek, “Real” fransuz uchun PSJga norasmiy so‘rov bilan murojaat qilgan. Klub esa madridliklarga Mbappe sotilmasligini aytgan.

1-avgust kuni PSJ yangi mavsumdagi birinchi rasmiy o‘yinini o‘tkazadi. Unda jamoa Fransiya Superkubogi doirasida, o‘tgan mavsum Liga 1da g‘alaba qozongan “Lill” bilan to‘qnash keladi. Qayd etilishicha, shu kunga qadar Mbappening kelajagi to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda 22 yoshli hujumchi mamlakat chempioanti doirasida o‘tkazilgan 31 o‘yinda 27ta gol va 7ta golli uzatmaning maullifiga aylangan.