Manba: Ronaldu nihoyat o‘z kelajagi to‘g‘risida qaror qabul qildi

  • 18:16 / 16.07.2021
  • 623

Portugaliyalik hujumchi “Yuventus”dagi shartnomasi bo‘yicha bir qarorga kelgan

Krishtianu Ronaldu “Yuventus”da shartnoma oxirigacha qolmoqchi

“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu klub bilan shartnomasini belgilangan muddat tugagandagina yakunlash niyatida. Bu haqda La Gazzetta dello Sport xabar bermoqda.

Manbaning ma’lum qilishicha, portugaliyalik hujumchi nihoyat o‘z kelajagi to‘g‘risida qaror qabul qildi. Ronaldu “Yuventus” rahbariyatiga 2022-yil 30-iyungacha mo‘ljallangan shartnomani oxiriga yetkazib qo‘yishni istaydi.

Oldinroq, portugaliyalikning agenti Xorxe Mendes Ronaldu bilan bog‘liq bo‘lajak vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida “Yuventus”ning yangi sport direktori Federiko Cherubini bilan uchrashuv o‘tkazishni kutayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. 

Ma’lumot o‘rnida, Ronaldu “Yuventus” safida 2018-yildan beri o‘ynab kelmoqda. 36 yoshli portugaliyalik hujumchi o‘tgan mavsumda 29ta gol urib, Italiya chempionatining eng yaxshi to‘purariga aylangan edi.