“Manchester Siti” o‘zining 4 futbolchisidan qutulmoqchi. Ular “Barsa”ga taklif qilinishi mumkin

  • 17:25 / 22.07.2021
  • 108

“Manchester Siti" bir nechta futbolchilar bilan xayrlashishga tayyor.

Ingliz klubi Rahim Sterling, Riyad Marez, Emerik Lyaport va Bernardo Silvalarni jamoada olib qolmoqchi emas. Ushbu o‘yinchilar “Barselona”ga futbolchi almashinuvini tashkil etish uchun taklif qilinishi mumkin, deb xabar beradi “Catalunya Ràdio”.

Biroq o‘z navbatida, ayni paytda Kataloniya klubi ushbu futbolchilar bilan har qanday kelishuvni qiyin deb hisoblamoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barsa” Antuan Grizmanni sotib olishga taklif qilgan klublar orasida “Manchester Siti” ham borligi haqida xabar berilgan edi.