Manchester Siti'ning sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

  • 16:55 / 13.10.2021
  • 82

“Manchester Siti” yarim himoyachisi Bernardu Silva klub muxlislari o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi, deb topildi.

Klub rasmiy sayti bergan xabarga ko‘ra, portugaliyalik yarim himoyachi 61 foiz ovoz to‘plab, jamoadoshlari Rodri hamda Joau Kanseluni ortda qoldirgan.

Ma’lumot uchun, Silva joriy yilning sentyabrida Manchester Siti safida barcha musobaqalarda 5 o‘yin o‘tkazdi. U “Lester” (1:0) ga qarshi kechgan o‘yinda bitta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.