“Manchester Yunayted” Rafael Varan transferini e’lon qildi

  • 09:02 / 28.07.2021
  • 179

Futbolchi tez orada tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi “Real Madrid” himoyachisi Rafael Varan bilan kelishuvga erishganini tasdiqladi. Bu haqda ingliz klubi rasmiy sayti xabar berdi.

Unga ko‘ra, “qizil iblislar” fransuz futbolchisi bilan kelishuvga erishgan. Himoyachi “Manchester Yunayted” tibbiy ko‘rigidan o‘tganidan so‘ng o‘zaro bitimga imzo chekadi.

Shundan so‘ng, shartoma tafsilotlari rasman ma’lum qilinadi. Hozorcha esa Varanning transfer bahosi 50 million yevroni tashkil etishi aytilmoqda.