Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgarishsiz saqlab qoldi

  • 10:26 / 12.06.2020
  • 483

Markaziy bank Boshqaruvi asosiy stavkani yillik 15 foiz darajasida o‘zgarishsiz saqlab qoldi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Ushbu qaror inflyatsiya prognozining barqaror pasayish trendi shakllanib borayotganligi hamda iqtisodiyotning tiklanish sharoitida makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlash maqsadlari o‘rtasidagi muvozanatni saqlash bilan izohlanadi.

“Markaziy bank inflyatsiya prognozining pasayishidan kelib chiqqan holda, keyingi yig‘ilishlarda asosiy stavka darajasini pasaytirish ehtimolini ko‘rib chiqmoqda. Kelgusida ham Hukumat bilan birgalikda 2023-yilga qadar inflyatsiyaning 5 foizlik doimiy maqsadli ko‘rsatkichiga erishish uchun barcha choralar ko‘riladi”, deyiladi xabarda.