Maryam Uzerli o‘zi uchun qat’iy karantin joriy qildi

  • 16:07 / 12.04.2021
  • 94

Taniqli turk aktrisasi Maryam Uzerli koronavirus bilan kasallanish holatlari ko‘paygani sababli endilikda uydan tashqariga chiqmasligini ma’lum qildi. 

Aktrisa farzandlari uchun ham kasal bo‘lishga haqqi yo‘q ekanligini ta’kidlagan. 


“Uyimizda enaga yo‘q. Bolalarni men va kichkina qizimning otasi birgalikda parvarish qilamiz. Kasal bo‘lishim mumkin emas, shu tufayli o‘zimiz uchun vaqtinchalik karantin joriy qildik”, dedi Uzerli.