Mashhurlarning hech kim bilmaydigan gʻalati odatlari

  • 17:37 / 06.09.2021
  • 608

Taniqli yulduzlarning mukammal qiyofasi ortida oddiy odamlardan zarracha farq qilmaydigan shaxslar berkingan. Ularning hech kim bilmaydigan gʻayrioddiy odatlari haqida bilib olishni istaysizmi?

Devid Bekxem

Sobiq futbolchi obsessiv-kompulsiv ruhiy buzilishi tashxisi qoʻyilgan perfeksionist ekanligini bilmasangiz kerak. Devid uyidagi har bir buyumning ikkitadan boʻlishini talab qiladi, muzlatgichdagi ichimliklar ham, liboslar-u poyabzallar ham ikki juftdan boʻlishi lozim.

Eminem

Rep qiroli yorugʻlik nurining xira shuʼlasi tushib tursa bas – uxlay olmaydi. Uning uyquga ketishi uchun toʻliq qorongʻilik va mutlaq sukunat kerak.

Ilon Mask

Odamlar orasida “Tesla” kompaniyasi rahbari aslida robot ekanligi haqidagi hazilomuz mish-mishlar yuradi. Yoʻqsa, uning bunchalar shijoatli ekanligini qanday izohlash mumkin? Ishonasizmi, yoʻqmi, tadbirkor har kuni 8 banka parhezbop kola ichimligi va 2 finjon qahva ichadi.

Kemeron Diaz

Gollivudning taniqli aktrisasi Kemeron Diaz koronavirus pandemiyasi bilan u paydo boʻlishidan avvalroq kurasha boshlagan. Gap shundaki, aktrisaga ham obsessiv-kompulsiv buzilish tashxisi qoʻyilgan, u qoʻllarini mikroblardan himoya qilish uchun eshiklarni tirsaklari bilan ochadi.

Megan Foks

Megan Foks tinimsiz ravishda ijodiy safarlarda yurishiga qaramay, samolyotda parvoz qilishdan juda qoʻrqadi. U bortga chiqqanidan keyin quloqchin taqib, Britni Spirs qoʻshiqlaridan birini yoqadi. Aktrisa ana shundagina tinchlana oladi.