Mass-media fondi rahbariyati iftorlik va jamoat namozida qatnashdilar (foto)

  • 11:08 / 20.04.2021
  • 67

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi rahbarlari Ramazon oyi munosabati bilan “Ramazon diydor” loyihasi doirasida xayriya iftori tashkil qildi.  


Kecha, 19-aprel kuni “O‘zbekiston” nashriyoti xodimlari yashaydigan 17B-sonli uy aholisi uchun iftorlik tashkil qilingan. 

“Ushbu uyda yashovchilar bilan bizni umumiy xotiralar va emosiyalar bog‘lagani sababli, bu kechani ular bilan o‘tkazishga qaror qildim”, deydi Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva.


 Fond raisi Komil Allamjonov ham ushbu uyda istiqomat qiladigan xodimlar haqida iliq fikrlar aytib, jumladan, shunday deydi:

 


–  Bu odamlar bilan mening juda ko‘p quvonchli onlarim bog‘langan. 
2019-yilda AOKAga rahbarlikka tayinlanganimizda, Prezident tomonidan qo‘yilgan aholi turmush darajasini oshirish vazifasi doirasida 50ta xonadoni yillar davomida faoliyat yuritib kelayotgan, uyga muhtoj xodimlarimiz nomiga bepul o‘tkazib bergan edik. 
Bugun ularning uylarida bo‘ldik, samimiy, sodda va mehnatkash odamlarimizni ko‘rib, odam yanada xursand bo‘ldi.