“Matritsa: Tirilish” filmining rasmiy treyleri eʼlon qilindi (video)

  • 11:23 / 10.09.2021
  • 189

“Matritsa: Tirilish” filmining rasmiy treyleri “Warner Bros” kompaniyasining YouTube kanalida eʼlon qilindi. Filmning taqdimoti joriy yilning oxirgi oyiga rejalashtirilgan.

Franshizaning avvalgi filmlarida boʻlgani kabi “Matritsa 4” syujeti asosidagi voqealar Yer ustidan nazorat oʻrnatgan “Matritsa” kompyuter tizimining bosh qahramonlari atrofida kechadi. Ijodkorlar filmga doir maʼlumotlarning hammasini ham oshkor qilishmagan.

“Matritsa 4” filmida Kianu Rivz (Neo), Kerri-Enn Moss (Triniti) va Jada Pinkett Smit (Niobe) ekranlarga qaytgan. Shuningdek, filmda Nil Patrik Xerris, Yahyo Abdul-Marin II, Jessika Xenvik va Jonatan Grofflar ham ishtirok etishgan.

“Matritsa” – amerikalik kino ijodkorlari – aka-uka Vachovski (ayni vaqtda opa-singil Vachovskilar) tomonidan suratga olingan ilmiy-fantastik film. Uning ilk qismi 1999-yilning 31-mart kuni taqdim etilgan.