Mauro Ikardi uchun kurashda “Yuventus”ga jiddiy raqobatchi paydo bo‘ldi

  • 16:33 / 09.10.2021
  • 76

“PSJ” hujumchisi Mauro Ikardi faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqida “The Sun” nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, ingliz klubi “Nyukasl” Ikardini sotib olish uchun asosiy da’vogarga aylangan. Futbolchining transferi 2022-yilning yoziga rejalashtirilgan. O‘z navbatida, “Yuventus” ham Ikardini A Seriyaga qaytarish maqsadida uning agenti bilan muzokaralarga kirishgan. 
Ma’lumot uchun, 28 yoshli argentinalik futbolchining transfer qiymati 35 million yevroni tashkil qilmoqda.