Mayamida 12 qavatli bino qulab tushdi (video)

  • 17:07 / 25.06.2021
  • 435

Amerikaning Florida shtatida 12 qavatli bino qulab tushdi. Hodisa oqibatida 50 nafardan ortiq odam bedarak yoʻqolgan, 3 kishining vafot etgani aytilmoqda.

Mahalliy nashrlarning xabar berishlaricha, bino qulab tushishi natijasida oʻnlab odamlar jarohat olishgan. Oʻt oʻchirish xizmati xodimlari ayni vaqtda 35 kishi qutqarib qolingani maʼlum qilganlar. Ularning ikki nafari vayronalar ostidan chiqarib olingan.

Ayni vaqtda qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

AQSh prezidenti Jo Bayden hodisa munosabati bilan favqulodda holat rejimini eʼlon qildi. 1981-yilda barpo qilingan bino ichidagi 130 ta xonadonning teng yarmi vayron boʻlgan. Hodisa sodir boʻlgan vaqtda binoning tom qismida taʼmirlash ishlari olib borilgani aytilmoqda. Jarayon davomida ogʻir texnika vositalaridan foydalanganlari yoki yoʻqligi masalasi hozircha aniq emas.