Maykl Jordanning maykasi salkam $1,5 mln.ga sotildi

  • 14:38 / 09.05.2021
  • 275

8-may kuni basketbolchi Maykl Jordanning maykasi auksionda $1,38 millionga sotildi.

1982–1983-yillarda Maykl Jordanning Shimoliy Karolina universiteti jamoasi uchun kiygan formasi $1,38 millionga sotildi.
Futbolka amerikalik sportchi tarixidagi kim oshdi savdosida sotilgan eng qimmat buyumga aylandi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu futbolka birinchi marta 1999-yilda kim oshdi savdosida 63,500 dollarga sotilgan.
Eslatib o‘tamiz Ebay platformasida Maykl Jordanning birinchi imzosi tushirilgan Air Jordan krossovkalari ham sotuvga qo‘yilgandi. Bir juft poyabzal uchun sotuvchi bir million dollar so‘ragan.
Bundan tashqari, o‘tgan yilning may oyida Jordanning “Chikago Bulls” formasi Goldin Auctions auksionida 288 ming dollarga sotilgan.