Olimpiadaning har bir ishtirokchisi hamda sovrindorlarning murabbiylari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi

  • 14:56 / 13.08.2021
  • 188

Sportchilarga 5 ming, murabbiylarga esa 40 ming AQSh dollari miqdoridagi pul mukofotlari beriladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Olimpiada ishtirokchilari bilan uchrashuvi davom etmoqda.

Bugun, 13-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston milliy terma jamoasi tarkibida Tokio shahridagi yozgi Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan sportchilar, ularning ota-onalari va murabbiylari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtmoqda.

Tantanali tadbirda davlat rahbari nutq soʻzlab, unda olimpiadada ishtirok etgan har bir sportchi hamda sovrindorlarning murabbiylari pul mukofotlari bilan taqdirlanishini maʼlum qildi.

“Biz Olimpiadaning gʻolib va sovrindorlari, ularning trenerlari hamda barcha ishtirokchilarni munosib taqdirlashga qaror qildik”, deya taʼkidladi Prezident.

Shundan soʻng, gʻolib va sovrindor sportchilarimizni tayyorlashda chinakam fidoyilik koʻrsatgan murabbiylar taqdirlandi. Unga koʻra, Olimpiada chempionlarining murabbiylari – 40 ming AQSh dollaridan, bronza medal sohiblarining murabbiylari esa 20 ming AQSh dollaridan mukofotlanishi lozim deb topildi.

Shuningdek, sovrindorga aylanmasa ham, Olimpiadada ishtirok etgan sportchilarning har birini 5 ming AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti bilan ragʻbatlantirishga qaror qilindi.