Meksikadagi mehmonxonadan 20 nafar chet ellikni o‘g‘irlab ketishdi

  • 16:02 / 15.09.2021
  • 111

Meksikaning markaziy qismida joylashgan San-Luis-Potosi shtatidagi mehmonxonaga noma’lum shaxslar hujum uyushtirgan.
BBC News nashrining xabar berishicha, bosqinchilar 3ta avtomobilda kelib, mehmonxonadan 20 nafar chet el fuqarosini o‘g‘irlab ketishdgan. Hozirda mamlakat prokuratura boshlig‘i Federiko Errera voqea yuz bergan shaharda tergov o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma bergan.
Guvohlarning aytishicha, o‘g‘irlab ketilgan fuqarolarni noma’lum yo‘nalish tomon olib ketishgan. Bosqinchilar hujumiga uchraganlar orasida Venesuela, Kuba, Gaiti fuqarolari, jumladan, bolalar va homilador ayol ham borligi aytilmoqda.