Mening jamoamda har doim Messi uchun joy bo‘ladi – Serxio Ramos

  • 13:03 / 19.07.2021
  • 79

PSJning yangi himoyachisi Serxio Ramos argentinalik hujumchi Lionel Messining o‘yini haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi va hujumchi Neymar bilan munosabatlar haqida gapirdi.

“Men eng yaxshi futbolchilar bilan o‘ynashni yaxshi ko‘raman va Messi dunyodagi eng zo‘rlaridan biri. Mening jamoamda unga doim joy bo‘ladi, deb doim aytib kelganman.

Neymar “Barselona”da, men “Real”da o‘ynaganimizga qaramay, bizda yaxshi munosabatlar mavjud. U menga PSJ ga o‘tishga undaydigan xabarlar yubordi. Men bu munosabatni qadrlayman”, – deya Ramosning so‘zlarini keltirmoqda Mundo Deportivo nashri.

Ma’lumot o‘rnida, Ramos asli “Sevilya” tarbiyalanuvchisi hisoblanib, 2005-yildan buyon “Real” sharafini himoya qiladi. Bu vaqt ichida futbolchi “qaymoqranglilar” safida 671 o‘yin o‘tkazib, 101 gol, 40 assistga mualliflik qilgan. 

35 yoshli himoyachi 5 karra Ispaniya chempioni, 4 marotaba Chempionlar Ligasi g‘olibiga aylangan. Shuningdek, Ramos 2ta Ispaniya kubogi va 4ta superkubogi, 3 marta UEFA superkubogi  hamda 4 bora klublar o‘rtasidagi jahon chempionati g‘olibligini qo‘lga kiritgan.