Merkel deputatlar qarshiligiga qaramay lokdaunni kuchaytirishga oid qonun loyihasini taqdim etdi

  • 16:13 / 16.04.2021
  • 161

Siyosatchi qonun loyihasini oʻqib eshittirar ekan, Bundestag prezidenti Volfgang Shoyble shovqin solgan oppozitsiyasi deputatlarni tartibga chaqirishga majbur boʻldi.

“Vaziyat juda jiddiy. Mamlakatni uchinchi toʻlqin qurshab oldi... 13 oy davomida bir bitta darsni oʻzlashtirdik: virus chala chora-tadbirlarni “kechirmaydi”. Bu esa hammasini qiyinlashtiryapti”, dedi kansler.

Agar 7 kun ichida yangi bemorlar soni 100 tadan 100 mingtaga koʻpayib ketsa, umumiy kommendantlik soati joriy etiladi. Kanslerning aynan mana shu gapi keskin tanqidlarga sabab boʻlgan. Avvallari bu kabi qarorlarni federal hududlar qabul qilgan.