Merkel gʻoyalarining tarafdori kansler lavozimi uchun kurashadi

  • 16:14 / 20.04.2021
  • 212

Germaniyaning ayni vaqtdagi kansleri Angela Markelning partiyadoshlari ichidan Federal hukumat raisligi uchun yangi nomzod tanlandi.

Xristian-demokratik ittifoqi partiyasi aʼzosi Armin Lashet uchun partiya aʼzolarining 77,5 foizi ovoz bergan. 9 nafar siyosatchi esa uning raqibi Markus Zeder nomzodini qoʻllab-quvvatlagan.

Armin Lashet Angela Merkel gʻoyasi tarafdorlaridan biri hisoblanadi. U partiya raisiligiga saylangan vaqtlarida Merkel uni samimiy qutlagan va kelgusida hamkorlik qilishlariga ishonch bildirgan edi. Migratsion inqiroz vaqtida, yaʼni 2015-yilda Germaniyaga yuz minglab qochoqlar kelgan paytda partiyadoshlari Merkelni keskin tanqid qilishgan. Lashet esa mana shunday murakkab vaziyatda ham uni qoʻllab-quvvatlashda davom etgan.