Merkel Yevropa ittifoqini Putinga qarshi kurashishga chaqirdi

  • 17:49 / 28.06.2021
  • 227

Germaniya kansleri Angela Merkel kiberhujumlar bilan bogʻliq vaziyat yuzasidan Yevropa ittifoqini Rossiya prezidenti Putinga qarshi kurashishga chaqirdi.

Merkelning fikricha, Putinga Rossiya bir qator shartlarni bajarmay turib samarali hamkorlikka umid bogʻlamasligi kerakligini toʻgʻridan-toʻgʻri aytish zarur. Mazkur shartlardan biri – YI mamlakatlariga nisbatan uyushtirilgan xakerlik hujumlari uning javobgarlikni olish hisoblanadi.

Germaniyalik siyosatchi bu kabi muammolar faol muhokama qilinishi kerakligini taʼkidlagan. “Ayni vaqtda Yevropa ittifoqi vakillari aynan mana shunday uchrashuvning ehtimoliy formatlarini koʻrib chiqmoqda”, dedi Merkel.