Messi bir ko‘rsatkich bo‘yicha Ronalduni ortda qoldirib, boshqasi bo‘yicha Pelening rekordiga yaqinlashdi 

  • 11:11 / 04.07.2021
  • 373

Bugun tongda, Amerika kubogi chorak final bosqichi doiraisda ikki uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Unda Argentina terma jamoasi Ekvador bilan to‘qnash kelib, ishonchli, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Lionel Messi mazkur bahsda sheriklariga ikkita golli uzatma berib, o‘zi esa jarimadan bitta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Qayd etish joiz, Messi uchun ushbu gol Argentina terma jamoasi tarkibidagi 76-gol bo‘ldi. Bu orqali futbolchi Janubiy Amerika terma jamoalarida urilgan gollar soni bo‘yicha qayd etilgan rekordga yaqin keldi. 

Ushbu rekord Pelega tegishli bo‘lib, u Braziliya termasi tarkibida 91ta o‘yinda 77ta to‘p kiritgan. O‘z navbatida, bugun Messi Argentina safidagi 149-uchrashuvini o‘tkazdi. Shuningdek, Messi Ekvador termasi darvozasini belgilangan stantdart vaziyatdan ishg‘ol etish orqali, o‘z faoliyatidagi jarima zarbalaridan kiritilgan gollari sonini 58taga yetkazib oldi. 

Shu tariqa Messi bu ko‘rsatkich bilan, jarima zarbasidan 57ta gol urgan “Yuventus” hujumchisi Ronalduni ortda qoldirdi.

Qayd etish joiz, Amerika Kubogi chorak finalining ikkinchi uchrashivida Kolumbiya Urugvay bilan bahs yuritib, penaltilar seriyasida 4:2 hisobida g‘alaba qozondi va yarim finalga yo‘l oldi.