Messi terma jamoa miqiyosidagi to’purarlar ro‘yxatida yuqoriladi. Ronaldu nechanchi o‘rinda? 

  • 14:02 / 29.06.2021
  • 511

Leo Messi 75 gol bilan o‘z terma jamoasida eng ko‘p gol urgan futbolchilar ro‘yxatida yuqoriladi

Avval xabar berilganidek, Argentina terma jamoasi kecha Amerika kubogi guruh bosqichi doirasida Boliviya terma jamoasini 4:1 hisobida mag‘lub etdi

Mazkur bahsda hujumchi Lionel Messi dubl qayd etdi. Argentinalik hujumchi ushbu ikkita gol bilan terma jamoa safidagi gollari sonini 75taga yetkazdi.

Qayd etilishicha, 34 yoshli futbolchi ushbu ko’rsatkich bilan Bashar Abdulla (Quvayt), Kunisige Kamamoto (Yaponiya) va Sandor Kochish (Vengriya) lar bilan birga milliy terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar ro‘yxatida 9-o‘rinni egallab turibdi.

Ma’lum bo’lishicha, Lionel Messidan quyidagi sakkiz futbolchi oldinda bormoqda:

1-2. Krishtianu Ronaldu, Portugaliya - 109ta gol;

1-2. Ali Daei, Eron – 109ta;

3. Muxtor Daxari, Malayziya – 89ta;

4. Ferens Pushkash, Vengriya – 84ta;

5. Godfrey Chitalu, Zambiya – 79ta;

6. Husayn Said, Iroq – 78ta;

7. Pele, Braziliya – 77ta;

8. Ali Mabhut, BAA – 76ta.