Mexikoda metro koʻprigi poyezd bilan birga qulab tushdi. 6 kishi halok boʻldi

  • 11:51 / 04.05.2021
  • 36

Meksika poytaxti Mexiko shahrida metro poyezdi oʻtib ketayotgan koʻprik qulashi oqibatida 6 kishi halok boʻldi, 80 nafar odam turli tan jarohatlari oldi.

Maʼlumotlarga koʻra, hodisa Mexiko shahrining janubi-sharqiy qismida, Olivos va Tesonko stansiyalari oraligʻida sodir boʻlgan.

Mexiko metrosi – Shimoliy Amerikadagi eng yirik metropolitenlardan biri hisoblanadi. Unga bogʻliq oxirgi yirik hodisa joriy yilning yanvar oyida sodir boʻlgan, markaziy yoʻnalishda kelib chiqqan yongʻin oqibatida bir kishi hayotdan koʻz yumgandi.