Milliy gvardiya qo‘mondoniga o‘rinbosarlar tayinlandi

  • 14:01 / 14.04.2020
  • 343

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tarkibida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda Milliy gvardiyaning Telegram’dagi rasmiy kanalida ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, 

polkovnik Abdullayev Bekmurod Tojimirzayevich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga;

polkovnik Ganiyev Mamirjon Jomoldinovich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining o‘rinbosari – Qo‘riqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

polkovnik Mamayusupov Sarvar Dexkanbayevich – O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandilar.