Milliy gvardiya tizimida tayinlovlar amalga oshirildi

  • 15:07 / 24.05.2021
  • 205

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qo‘mondoni buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi.

Unga ko‘ra, podpolkovnik Ismoilov Anvar Sa’dullayevich O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Jizzax mintaqaviy o‘quv markazi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Anvar Ismoilov tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti kafedra boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Shuningdek, podpolkovnik Muxsimov Muxtorjon Muxamedjanovich O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Qashqadaryo viloyati Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi. 

Muxtorjon Muxsimov tayinlovga qadar Qo‘riqlash bosh boshqarmasi Obyektlarni qo‘riqlash faoliyatini tashkillashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagan.