Mirziyoyev va Toqayev telefon orqali suhbatda Afgʻonistondagi vaziyat haqida fikr almashdi

  • 17:32 / 03.06.2021
  • 230

Bugun, 3-iyun kuni Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston yetakchisi Qosim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Muloqotda ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari, savdo va logistika, zamonaviy transport kommunikatsiyalari hamda turizm infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha ustuvor loyihalar muhokama qilindi.

Shu bilan birga, davlat rahbarlari Markaziy Osiyoda doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini mustahkamlash, Afgʻonistondagi vaziyatni tinch yoʻl bilan hal etish masalalari yuzasidan fikr almashdilar. Suhbat yakunida boʻlajak uchrashuvlar rejasi koʻrib chiqildi.