Mirziyoyev Imomali Rahmon bilan telefon orqali Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi

  • 13:52 / 23.08.2021
  • 263

Bugun, 23-avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tojikiston prezidenti matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ikki davlat rahbarlari muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlik va mintaqada yuz berayotgan voqea-hodisalar mavzusida bo‘lgan.

Davlat rahbarlari muloqot davomida Afg‘oniston Islom Respublikasidagi vaziyatga alohida e’tibor qaratishdi.