Mirziyoyev Tojikiston prezidentining singlisi vafoti munosabati bilan unga hamdardlik bildirdi

  • 11:42 / 21.07.2021
  • 128

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonga uning singlisi Qurbonbibi Rahmonova vafot etgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

64 yoshli Qurbonbibi Rahmonova kecha, 20-iyul kuni vafot etgan. Marhuma bugun, 21-iyul kuni Tojikiston janubida joylashgan Dang‘ara tumanidagi kichik vatanida dafn qilinadi.