Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi joriy yilda amalga oshirilishi kutilmoqda 

  • 17:40 / 20.09.2021
  • 79

Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Andrey Rudenko Sputnik muxbiriga ma’lum qilishicha, Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi shu yili amalga oshirilishi kutilmoqda.

“Biz O‘zbekiston prezidentining davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘ryapmiz, umid qilyapmizki, u bu yil amalga oshiriladi. Juda salmoqli hujjatlar to‘plami tayyorlab qo‘yilgan – birinchi navbatda, savdo-iqtisodiy hamkorlik sohasida, lekin boshqa sohalarda ham, jumladan, mudofaa sohasida”, – degan Rudenko.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 20-sentyabr kuni O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenkoni qabul qildi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Rossiya kun tartibining dolzarb masalalari, avval erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi holati, shuningdek, bo‘lajak tadbirlar jadvali muhokama qilindi. Rossiyaga amalga oshiriladigan oliy darajada tashrifga tayyorlarlikni faol davom ettirishga kelishib olingan.

Shuningdek, Afg‘onistondagi so‘nggi voqealarni hisobga olgan holda mintaqadagi mavjud vaziyat va uning kelgusi rivoji ko‘rib chiqildi.