Misrlik olimlar toʻrt oyoqli kit qoldiqlarini topishdi

  • 12:39 / 28.08.2021
  • 343

Misrlik olimlar bundan 13 yil avval topilgan jonivor qoldiqlarini chuqur oʻrganib, uning qadim zamonlarda yashagan toʻrt oyoqli kitga tegishli boʻlganini aniqladilar. Dengizda hayot kechirgan sut emizuvchining bosh qismi Qadimgi Misrning oʻlim ilohi – Anubis koʻrinishini yodga solgan, shuning uchun mazkur jonivor turiga “Phiomicetus anubis” deya nom berilgan.

Zamonaviy kitlarning ajdodlari bundan 10 million yil avval quruqlikda yashagan sut emizuvchilar boʻlishgan. Olimlar oʻsha vaqtlar kitlar suvda suzish bilan birga quruqlikda yura olganlarini taxmin qilishyapti.

Toʻrt oyoqli kitning uzunligi 3 metr, ogʻirligi esa 600 kilogrammga teng boʻlgan. Kit timsoh va nisbatan kichikroq jonivorlar bilan oziqlangan. “Oʻylashimcha, u atrofda yashaydigan hayvonlar uchun haqiqatdan oʻlim ilohi boʻlgan”, deydi tadqiqot rahbari Abdulla Goxar.