MMA sport turi Olimpiya o‘yinlari dasturiga kirishi mumkin

  • 14:32 / 09.06.2021
  • 68

Xalqaro aralash yakkakurashlar federatsiyasi prezidenti Kerrit Braun MMA dasturining Olimpiya turiga aylanish imkoniyatlarini baholadi.

– MMA – bu tez rivojlanayotgan sport turi hisoblanadi. Biz albatta, uning olimpiya oilasining bir qismiga aylanishni xohlaymiz. Shu sababli bu yo‘nalishda qattiq ishlamoqdamiz. O‘z navbatida bu borada raqobatchilar ham yo‘q emas.

MMA Qo‘shma Shtatlarda qanchalik mashhurligini bilasiz, biz ushbu sport turini 2028-yilda Olimpiya oilasiga kirishini kutyapmiz. Ehtimol, MMA Los-Anjelesdagi Olimpia o‘yinlarida hech bo‘lmaganda ko‘rgazmali sport turiga aylanishi mumkin, – deya ta’kidladi Braun.

Ma’lumot uchun MMA boks, karate, jiu jitsu, muaytay, karate, taekvondo, kurash, dzyudo va kikboksing kabi yakkakurash sport turlarini o‘z ichiga olgan aralash jang san’ati hisoblanadi.