Moskva janubi-g‘arbida otishma: 3 kishi jarohatlangan, aybdor ushlangan

  • 12:09 / 08.06.2020
  • 789

 Moskvaning janubi-g‘arbidagi Quruvchilar ko‘chasi, 5-uyning ikkinchi qavatida yashovchi shaxs yakshanba kuni yarim tunda derazadan ko‘chaga qarata “Sayga” ov qurolidan o‘t ocha boshlagan
IIV va Rosgvardiya xodimlari o‘qchi bilan muzokora yuritishga harakat qilishgan. Huquq-tartibot organlarining ogohlantirishiga quloq solmaganidan so‘ng, maxsus kuchlar uning xonadoniga bostirib kirishga majbur bo‘lishgan. Maxsus bo‘lim yo‘lakka kirganida ham o‘q ovozlari eshitilib turgan.  
Xonadonga bostirib kirish va o‘t ochayotgan erkakni qo‘lga olish uchun 3 soatdan ko‘proq vaqt ketgan. Oqibatda o‘sha erkakning o‘zi va bir politsiyachi yaralangan. Ko‘chaga otilayotgan o‘qdan taksi to‘xtatish uchun tasodifan o‘tib qolgan ikki kishi jarohatlangan va shifoxonaga yotqizilgan. 
Xabarda aytilishicha, o‘t ochuvchining hushi joyida bo‘lmagan. Sabablari esa hozircha noma’lum. Unga nisbatan bezorilik va qotillikka urinish bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Sal keyinroq politsiya xodimini yaralaganlikka taalluqli yana bir ish ham tirkab qo‘yilgan.