Moskva metrosida o‘zbek tilidagi yo‘l ko‘rsatkichlar o‘rnatila boshlandi

  • 09:53 / 14.09.2021
  • 100

Moskva shahri transport departamenti metroning “Lesoparkovaya” bekatida eshiklardagi yozuv va yo‘l ko‘rsatkichlarini o‘zbek (lotin alifbosidagi) va tojik tillaridagi tarjimasini ham o‘rnatib chiqdi.  

Ma’lum qilinishicha, bu Moskva hududida yashayotgan o‘zbek va tojiklarni hisobga olgan holda yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, shahar meri o‘rinbosari Vladimir Yefrimovning ma’lum qilishicha, ayni paytda birgina Moskva shahrining o‘zida 200 ming mehnat migrantiga ehtiyoj bor.

“Yaqin kelajakda ularning mamlakatga kirishiga bo‘lgan cheklovlar yumshatilishidan umidvormiz”, – degan u.