Moskva va Toshkent o‘rtasidagi aviaqatnovlar soni ko‘paytirilishi ma’lum qilindi

  • 17:15 / 02.06.2021
  • 64

Rossiya Federatsiyasida mamlakatdagi epidemiologik vaziyat va koronavirusning yangi shtammlari tarqalishini oldini olish bo‘yicha tezkor shtabning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

10-iyundan boshlab bir qator mamlakatlar bilan aviaparvozlarni qayta tiklash va ko‘paytirish ma’lum qilindi.

Unga ko‘ra, Moskva va Toshkent o‘rtasidagi qatnovlar sonini haftasiga 1 parvozga oshirish to‘g‘risida ma’lum qilingan. Chipta sotib olmoqchi bo‘lganlar parvozdan 72 soat oldin koronavirusga test topshirgan bo‘lishlari kerak.

Avvalroq Rossiyaning ikki shahridan ham Toshkentga charter reyslar amalga oshirilishi aytilgandi. Unga ko'ra, Novosibirsk va Yekaterinburg shaharlaridan iyun oyida aviaqatnovlar tashkil qilinadi.