Moskvada migrantlar ishtirokida ommaviy mushtlashuv yuz berdi

  • 16:27 / 28.08.2021
  • 295

Moskva shahrining Bauman ko‘chasida yuzaga kelgan nizo ommaviy mushtlashuvga aylanib ketgan. Hozircha hodisada necha kishi ishtirok etgani ma’lum qilinmagan, lekin ushbu hodisadan keyin Moskva shahrida 49 kishi hibsga olingan. Bu haqida Meduza nashri xabar berdi

Qayd etilishicha, mushtlashuvda hech qanday qurollardan foydalanilmagan va politsiya yetib kelguncha ishtirokchilar jinoyat joyini tark etgan. Voqeaga aniqlik kiritish va tekshiruv uchun 12 nafar Qirg‘iziston fuqarosi, 1 nafar O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari politsiya bo‘limiga olib kelingan. 

Shuningdek, 28-avgust sanasida Moskva shahri meri Sergey Sobyanin oxirigi oyda shaharda migrantlar ishtirokida bir necha jiddiy ommaviy mushtlashuvlar bo‘lib o‘tganini ta’kidlagandi. Shundan keyin, politsiya tekshiruvlari asosida 200 nafar chet el fuqarosi mamlakatdan chiqarib yuborilgan va 17 500 kishiga Rossiya hududiga kirish ta’qiqlangan.