Moskvada O‘zbekiston “prava”si bilan kira qilish taqiqlandi

  • 18:39 / 18.06.2021
  • 516

Moskva ma’muriy avtomagistral inspeksiyasi (MADI) taksi xizmatlaridan chet el haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lganlar bilan sheriklikni to‘xtatishni talab qildi.

Xabar qilinishicha, bu yil hisobidan MADI inspektorlari shahar yo‘llarida 1,7 mingdan ortiq chet ellik haydovchilarni aniqladilar. Ularning ko‘pchiligi uch yildan kam haydovchilik tajribasiga ega bo‘lgan. Bu holatlar esa amaldagi qonunchilikka to‘g‘ri kelmaydi.

Qonunga ko‘ra, taksi xizmatlarida faqat Rossiya yoki Qirg‘iziston haydovchilik guvohnomasi egalari ishlashlari mumkin. Shuningdek, rus tili rasmiy til sifatida qabul qilingan mamlakatlarning fuqarolariga ishlashga ruxsat beriladi. Bundan tashqari, haydovchi kamida uch yil haydovchilik tajribasiga ega bo‘lishi kerak.

Ma’lum qilinishicha, 1-avgustdan boshlab Moskvada taksichilarni tahlil qilish tizimi ishga tushadi. Har bir haydovchiga idenfikatsiya raqamlari taqdim etiladi.

Ma’lumot uchun, rus tili Belorussiya va Qozog‘istonda rasmiy til sifatida tan olingan.