Moskvadagi Chexiya elchixonasi 71 nafar rossiyalik xodimni ishdan boʻshatdi

  • 14:44 / 26.05.2021
  • 102

Moskvadagi Chexiya elchixonasi 71 nafar rossiyalik xodimni oʻz lavozimidan ozod qildi. Bu haqida Chexiya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi vakili Yeva Davidova maʼlum qilgan.

Jarayon “diplomatik vazifalarni bajaruvchi tarkibni Rossiya bilan teng asosda qisqartirish” doirasida amalga oshirilgani aytilmoqda.

“May oyining oxirigacha yana 8 nafar mahalliy xodim ishdan boʻshatiladi, shu tariqa ishdan ketganlar soni 79 kishiga yetadi”, dedi Davidova.

Oqibatda har ikki tomonda 19 nafardan diplomatik vazifalarni bajaruvchi shaxslar qoladi.