Moskvadan Toshkentga kelmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi samolyot bortida vafot etdi 

  • 15:14 / 26.12.2019
  • 627

Uzbekistan Airways’ning “Moskva – Toshkent” yo‘nalishida parvoz qilayotgan samolyotida o‘zbekistonlik erkak vafot etdi. Bu haqda “MK.ru” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 26-dekabrga o‘tar kechasi soat taxminan 01:00 larda Vnukovo aeportidan Toshkentga uchib ketgan 602-reys parvozi bekor qilinib, samolyot ortga qaytishi haqida xabar kelib tushgan.

Bunga samolyot yo‘lovchilaridan biri bo‘lgan 50 yoshli O‘zbekiston fuqarosining tobi qochgani sabab bo‘lgan. 

Samolyot soat 01:10 da yana Vnukovo aeroportiga qo‘ngan, lekin shifokorlar erkakning hayotini saqlab qola olmagan.

AviaSpotter Telegram-kanalida ma’lum qilinishicha, Toshkentga soat 4:50 da qo‘nishi kerak bo‘lgan ushbu reys soat 10:10 da Moskvadan yetib kelgan.